Oxirgi yangilanish: Iyun 2025
Ushbu shartlar Freelancer tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar uchun amal qiladi. Buyurtma berish orqali foydalanuvchi ushbu shartlarga to‘liq rozilik bildiradi.
Barcha xizmatlar oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi. To‘lov tasdiqlangandan so‘ng xizmat ko‘rsatiladi. Tayyor bot yoki xizmat bo‘yicha kelgusida qilinadigan har qanday ishlar uchun Freelancer xizmat haqi oladi.
Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan noto‘g‘ri ma’lumot, xatolar, yoki botdan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga keladigan muammolar uchun Freelancer javobgar emas.
Xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng to‘lov qaytarilmaydi. Buyurtma bekor qilinsa yoki foydalanuvchi xatolari sababli xizmatdan foydalanilmasa, to‘lov qaytarilmaydi.
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari himoyalanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Telegram akkauntining xavfsizligi foydalanuvchining o‘z javobgarligida.
Internet uzilishi, texnik nosozlik yoki nazorat qilib bo‘lmaydigan boshqa holatlar sababli xizmat kechikishi mumkin. Freelancer bu holatlar uchun javobgar emas.
Foydalanuvchi tomonidan quyidagi holatlar aniqlansa, hisob bloklanadi va to‘lovlar qaytarilmaydi:
Agar foydalanuvchi tomonidan bot orqali 18+ materiallar, pornografik yoki noqonuniy kontent yuborilishi natijasida Telegram tomonidan yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar (IIB) tomonidan bot bloklansa yoki tekshiruvga tortilsa, Freelancer bu holat uchun javobgar emas.
Foydalanuvchi yuborgan barcha kontent uchun to‘liq o‘zi javobgardir. Freelancer huquqiy va moddiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Telegram: @Nasa_psycho
Telefon: +998 88 935 12 36